Asos solinishi
Toshkent shahridagi Vebster universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi PQ-4245-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Vebster universiteti hamkorligi asosida tashkil etildi. U Toshkent shahridagi Vebster universitetining ta'lim dasturlarini amalga oshirish markazi sifatida faoliyat yuritadi.
Markaz Faoliyati
Universitetning xalqaro kampuslari Yevropa davlatlari qatorida Shveytsariya, Avstriya, Gruziya va Niderlandiyada joylashgan; shuningdek, Osiyo va Afrika davlatlarida, jumladan, Tailand, Gana va Xitoyda ham filiallari mavjud. Markaziy Osiyodagi yagona universitet filiali Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, o‘z faoliyatini 2018-2019 o‘quv yilida boshlagan.
To‘liq video
"So‘nggi yillarda mamlakatimizda oliy ta’limni rivojlantirish, pedagogik texnologiyalarni ta’lim faoliyatiga joriy etish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish hamda ta’lim, fan va sanoatni integratsiyalash uchun samarali mexanizmlar yaratish maqsadida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, ta’lim xizmatlarini rivojlantirishdagi zamonaviy tendensiyalar, xorijiy mamlakatlardagi yetakchi ta’lim muassasalarining eng yaxshi tajribalarini yanada joriy etish, ular bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va ta’lim sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish zarurligini ko‘rsatmoqda."
To‘liq hujjat




